"Samarqand sinov va sertifikatlash
markazi"
davlat korxonasi
"Samarqand sinov va sertifikatlash markazi" davlat korxonasida O’zbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlashtirish tizimi “O’zstandart” agentligi tomonidan akkreditlangan (2014 yil 30 dekabrdagi № UZ. АMT.06.MAI. 331) mahsulotlarni sertifikatlashtirish idorasi faoliyat ko’rsatmoqda.
"Samarqand sinov va sertifikatlash markazi" davlat korxonasi Respublikamiz-da ishlab chiqarilayotgan va chetdan keltirilayotgan quyidagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish boyicha ish olib boradi:
-mashinasozlik mahsulotlari va metall mahsulotlari;
-oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi mahsulotlari;
-qurilish va santexnika mahsulotlari;
-elektrotexnika mahsulotlari;
-kimyoviy mahsulotlar;
-engil sanoati.
Ko’satilayotgan xizmatlar muddati va narxi
Sertifikatlashtirish ishlarining narxi ko’rsatilayotgan xizmatlar turiga bog’liq bo’lib, ishlarni bajarilish muddati va muvofiqlik sertifikatini berish ariza berilgan hamda “Samarqand SSM” DK hisob raqamiga pul mablag’lari tushgan kundan boshlab, bir xaftadan bir oygacha muddatni tashkil etadi. Muvofiqlik sertifikati uch yil muddatga beriladi. Sertifikatlashtirilgan mahsulotlarni belgilangan talablarga muvofiqligini tashdiqlash maqsadida bir yilda bir marta inspeksion nazorat o’tkaziladi.
akkreditlash doirasi 30.12.2014
akkreditlash doirasi 19.01.2016
akkreditlash doirasi 27.04.2016
akkreditlash doirasi 26.05.2017
akkreditlash doirasi 07.03.2018