«O'ZSTANDART» AGENTLIGI

«SAMARQAND SINOV VA SERTIFIKATLASHTIRISH MARKAZI» DAVLAT KORXONASI

Ishonch telefoni :
(+998 66) 222-09-07

ISO (International Organization for Standardization) haqida

ISO Xalqaro standartlashtirish tashkiloti bo'lib, xalqaro standartlarni ishlab chiqadi va nashr qiladi, hozirda ISO 22782 dan ortiq xalqaro standartlarni qabul qilgan.

ISO dunyoning 164 mamlakatidan standartlashtirish bo'yicha milliy organlarining vakillari bo'lgan notijorat, nodavlat tashkilotdir.

Bosh assambleya va Kengash ISOning strategik maqsadlarini belgilaydi. Maqsadlarni ro'yobga chiqarishga qaratilgan faoliyat markaziy kotibiyat (Jeneva, Shveytsariya) tomonidan boshqariladi.
Markaziy kotibiyatni Bosh kotib boshqaradi.

"O'ZSTANDART" agentligi ISO tashkilotiga a'zo bo'lib, O'zbekiston Respublikasida standartlashtirish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish uchun vositalarni ta'minlaydi va davlat nazoratini amalga oshiradi, shuningdek xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasida mamlakat manfaatlarini himoya qiladi.

O’zbekiston Respublikasida vazirlik va idoralar qoshida standartlashtirish ishlarini o‘tkazish bo‘yicha  31 ta Texnik qo‘mitalar mavjud.

images.png

Telegram kanalimiz: @samarqandssm


Chop etilgan: 08.09.2019

Orphus system