«O'ZSTANDART» AGENTLIGI

«SAMARQAND SINOV VA SERTIFIKATLASHTIRISH MARKAZI» DAVLAT KORXONASI

Ishonch telefoni :
(+998 66) 222-09-07

ISTE'MOLCHIGA ESLATMA

O’zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida ”gi Qonuniga binoan, iste’molchilar quyidagi huquqlarga ega:

tovar (ish, xizmat) haqida, shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqida to‘g‘ri va to‘liq ma’lumot olish;

tovar (ish, xizmat)ni erkin tanlash va uning tegishli darajada sifatli bo‘lishi;

tovar (ish, xizmat)ning xavfsiz bo‘lishi;

hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki uchun xavfli nuqsoni bo‘lgan tovar (ish, xizmat), shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning g‘ayriqonuniy harakati (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan moddiy ziyon, ma’naviy zararning to‘liq hajmda qoplanishi;

buzilgan huquqlari yoki qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlari himoya qilinishini so‘rab sudga, boshqa vakolatli davlat organlariga murojaat etish;

Davlat iste’molchilarning tovar (ish, xizmat) sotib olishi va undan foydalanish chog‘idagi huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi.

Iste’molchilarning huquqlari davlat tomonidan himoya qilinishini davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shuningdek, sudlar ta’minlaydilar.

Quyidagilar iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish uchun maxsus vakolat berilgan davlat organlaridir:

O’zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi;

O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi («O’zstandart» agentligi)

 O’zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi;

O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi;

O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi;

iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini o‘z vakolatlari doirasida nazorat qiluvchi boshqa davlat boshqaruvi organlari.

1507144.jpg

Telegram kanalimizga a'zo bo'ling @samarqandssm


Chop etilgan: 09.09.2019

Orphus system