«O'ZSTANDART» AGENTLIGI

«SAMARQAND SINOV VA SERTIFIKATLASHTIRISH MARKAZI» DAVLAT KORXONASI

Ishonch telefoni :
(+998 66) 222-09-07

Agar Turkiyaga jelatin kapsulalarini eksport qilsangiz !!!

Turkiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi tomonidan Turkiya Respublikasiga jelatin kapsulalarini olib kirish bo‘yicha o‘zgarishlar bo‘lganligi to‘g‘risida ma'lumot Tashqi ishlar vazirligining 2019 yil 21 iyundagi xati bilan ma'lum qilindi.

Jelatin kapsulalari tarkibiga kiruvchi o‘simlik yoki hayvonlardan olinadigan moddalarning Turkiyaga eksport qilinishida mahsulotni kelib chiqishi va tarkibi to‘g‘risida ma'lumot beruvchi sertifikat olinishining majburiyligi bilan birga jelatin kapsulalari bo‘yicha ham ba'zi o‘zgarishlar qilingan. Talablarga jelatin ruminant asosli bo‘lishi va teri ostidan boshqa hujayradan yoki suyakdan olingan bo‘lsa bu mahsulotning Turkiyaga olib kirish uchun eksportchi davlatlarning rasmiy idoralaridan olinadigan veterinariya tibbiy sertifikati bilan eksport qilinadigan jelatin moddasi 999/2001-raqamli Yevropa Ittifoqi standartlariga javob berishi sertifikat yoki sertifikat ilova qilinadigan dekloratsiyaga kiritish sharti bilan ruxsat beriladi.

vegetarian-gelatin.jpg

Tarkibida jelatin bo‘lgan mahsulotlarda 2019 yil 15 iyun sanasidan boshlab Jahon Hayvonlar Sog‘ligini saqlash tashkiloti (OIE) ning hayvonlar salomatligi qoidalari BSE normalariga ko‘ra belgilangan statusli davlatlardan qat'iy nazar veterinariya sertifikatiga qo‘shimcha ishlab chiqarishni o‘rganish bayonini qo‘shimcha ravishda taqdim qilish belgilandi.


Chop etilgan: 28.06.2019

Orphus system