«O'ZSTANDART» AGENTLIGI

«SAMARQAND SINOV VA SERTIFIKATLASHTIRISH MARKAZI» DAVLAT KORXONASI

Ishonch telefoni :
(+998 66) 222-09-07

Qishloq xo‘jaligi mahsulotini eksport qiluvchilar diqqatiga !!!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 iyuldagi «Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-4406-son qarori 7 bandiga muvofiq 2019 yil 1 avgustdan boshlab shunday tartib o‘rnatilgan bo‘lib, unga muvofiq:

qishloq xo‘jaligi mahsulotini eksport qiluvchilarning mahsulotni sertifikatlashtirish bo‘yicha xarajatlari «O‘zstandart» agentligining asoslantirilgan hisob-kitoblariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan qoplanishi belgilangan.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda xalqaro standartlar talablarini joriy etish (GLOBAL.G.A.P, ORGANIC va boshqalar) xalqaro bozorga kirish kaliti bo‘lishini inobatga olgan holda markaz sizlar bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildiradi.


Chop etilgan: 07.08.2019

Orphus system